O‘zbekiston | 14:43 / 17.09.2021
6927
2 daqiqa o‘qiladi

ShHTga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Foto: AP

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning ShHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Bular:

  • ShHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;
  • ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish;
  • ShHTning Transport bog‘liqligi strategiyasini qabul qilish;
  • ShHT makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • kambag‘allikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish;
  • ShHTning xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar forumini ta'sis qilish;
  • ShHTning Ezgu niyat elchisi institutini joriy qilish;
  • turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;
  • yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish.

O‘zbekiston raisligi davrida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid