12:00 / 22.03.2019
21927

Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sud qilinadi

Foto: Oleg ZOLOTO

Peterburgdagi sud terroristik faoliyatga ko‘mak ko‘rsatishda ayblangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ayol kishiga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqadi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 2016 yil iyunidan 2017 yil oktyabriga qadar Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi 39 yoshli ayol bankdagi o‘z shaxsiy hisobidan Turkiya va Ozarboyjonga pul jo‘natgan, ular terroristik faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. U turli shaxslar, jumladan, IShID a'zolaridan mablag‘ olgan. Jami yarim million rubldan ortiq (7,8 ming dollar) pul jo‘natilgan.

Peterburgda ayblanuvchi 2007 yildan buyon yashaydi, «Piterlend» savdo markazida ma'mur bo‘lib ishlagan. Jinoyat ishi asosiy masala bo‘yicha ko‘rib chiqilishi uchun sudga taqdim etildi. 

Mavzuga oid
Top