10:48 / 18.05.2018
7843

XMK O‘zbekistonga quyosh energetikasini rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar jalb etishda yordam beradi

Foto: Alamy Stock

O‘zbekiston prezidentining AQShga tashrifi doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan konsultatsion xizmatlar to‘g‘risida bitim imzolandi.

XMK O‘zbekistonda quyosh elektrostansiyalarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun xususiy investorlarni jalb qilish maqsadida davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Tomonlar ushbu loyihalar uchun 1 milliard dollargacha investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirdilar.

Tashrif doirasida Jahon banki bilan umumiy qiymati 940 million AQSh dollari miqdoridagi kredit bitimlari imzolandi. Ushbu mablag‘lar hisobidan O‘zbekistonda energiya samaradorligi, meva-sabzavotchilik va shoshilinch tibbiy yordamni yaxshilash bo‘yicha to‘rtta yangi loyiha moliyalashtiriladi.

Top