11:05 / 04.05.2018
14544

Kun.uz’dan yangi videoloyiha: Mahsulotni chetga eksport qilish bo‘yicha saboqlar

Keyingi paytlarda O‘zbekistonda iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlar soni tobora ortib bormoqda.

Kun.uz tahririyati ana shunday foydali ishlab chiqarish ishlari bilan band hamyurtlarimizga yordam berish maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos soldi. Uning dastlabki sonida eksport bo‘yicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» tashqi savdo va konsalting kompaniyasi asoschisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksportiga bag‘ishlangan maxsus video lavhalarimizni boshladik.

Har qanday tadbirkor o‘z mahsulotini chetga chiqarmoqchi bo‘lsa uning oldida bir qator savollar turadi:

  • Mahsulotim eksportga tayyormi?
  • Narx belgilayotganda nimalarni hisobga olay?
  • Xaridorni qanday topishim kerak?
  • Eksport shartnomasi qanday bo‘ladi?
  • Transport turlari va ularga mahsulotlar qanday yuklanadi?
  • Nechta hujjat, sertifikat kerak bo‘ladi va bojxona masalalari.

Turkum ko‘rsatuvlarimizning birinchi soni mavzusi “Mahsulotni eksportga tayyorlash” deb nomlangan. Ko‘rsatuv davomida mavzu quyidagi savollarga bo‘lib chiqilgan illyustrativ tarzda savollarga javob berilgan:

  • Mahsulot eksportbopmi yoki uni qanday qilib eksportga tayyorlashimiz kerak?
  • Mahsulotning narxi (bahosi)
  • Sifatga bo‘lgan talablar
  • Brend yoki savdo belgisi
  • Markirovka (belgi qo‘yish)
  • Qadoqlash (o‘rash)
  • Kafolat va xizmatlar ko‘rsatish
  • TIF TN KODI. U nima va qanday aniqlanadi?

 

Top