16:35 / 30.04.2018
7073

O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumida 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilyapti

Foto: KUN.UZ

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumida 50dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgani ma'lum qilingandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qo‘shma bayonotni imzoladi. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta'lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24ta hujjat imzolandi.

Mavzu
O‘zbekiston - Turkiya munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga bordi

Barchasi
Top