09:00 / 18.10.2019
0
21953
Reklama

Elektrning narxi oshdimi? Solar Nature arzon va tejamkor energiya manbaini taklif qiladi

Elektr narxining hadeb oshib ketaverishidan xunob bo‘lyapsizmi? Solar Nature siz uchun har tomonlama qulay taklifni taqdim etadi. Tejamkor, qulay, zararsiz energiyadan qulay narxlarda foydalanish imkonini beruvchi Solar Nature MChJ 2014 yildan beri O‘zbekiston hududida tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq qilish bilan faol shug‘ullanib keladi. Mutlaqo zararsiz, ekologik toza, va eng muhimi, bepul bo‘lgan quyosh nurlarini qo‘llash orqali istagancha energiyadan foydalanishingiz mumkin.

Solar Nature sizga quyidagi turdagi mahsulotlarni taqdim etadi:

  • Quyosh fotoelektrik stansiyalari;
  • Quyosh suv isitkichlari;
  • Shamol elektrostansiyalari;
  • Quyosh energiyasi bilan ishlovchi ko‘cha chiroqlari.

Nima uchun aynan Solar Nature? Chunki...

Solar Nature quyosh panellari – ishonchli va qulay

Taqqoslab ko‘ring: quyosh panellarini xarid qilish va jihozlash uchun bir marta xarajat qilasiz. Ammo ularning xizmatidan keyinchalik butun umr, cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin. Ortiqcha xarajatga ham, elektr energiyasini iqtisod qilish haqida bosh qotirishga ham hojat yo‘q.

Quyosh batareyalari iste'molga kirib kelganidan beri o‘z tarixi mobaynida har tomonlama qulay va tejamkor ekanligini isbotladi. Unda qo‘llaniladigan fotoelementlar kosmik dasturlarda, sun'iy yo‘ldoshlar uchun energiya manbai sifatida ham ishlatiladi. Agar fotoelementlar bo‘lmaganida kosmosda yo‘ldoshlarni tuzatish nafaqat qiyin, balki mutlaqo imkonsiz bo‘lardi.

Solar Nature quyosh panellari – zararsiz

Quyosh batareyalari elektr manbai sifatida muqobil manbalardan, ya'ni quyosh energiyasidan foydalanadi. Shu bois ular ekologik toza, xavfsiz hisoblanadi. Quyosh batareyalarining ishlashi davomida organik yoqilg‘i qo‘llanilmaydi, shuningdek, qisish, yoqish kabi atmosferaga zarar yetkazadigan jarayonlar kechmaydi. Shu bois quyosh batareyalari atrof-muhitga ham, inson organizmiga ham hech qanday zarar yetkazmaydi.

Solar Nature quyosh panellari – siz uchun ma'qul hajm

Quyosh panellarida qo‘llaniluvchi fotoelektrik tizimda moslamalarning hajmi turlicha bo‘lishi mumkin – bu mijozning elektrga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Moslamalar modulli tuzilmaga egaligi bois mijozning talabiga ko‘ra tizimni individual tarzda moslashtirish, kengaytirish yoki ixchamlashtirish mumkin.

Solar Nature quyosh panellari – tejamkor

Quyosh panellari tekin, tugamaydigan energiya manbai – quyoshdan foydalangan holda ishlaydi. Fotoelektrik tizimni o‘rnatish maxsus tayyorlangan joy talab qilmaydi. Tizimni o‘rnatishda markaziy magistralga ulanish uchun ketadigan kabellar xarajati qisqaradi. Xarajatlar 3-7 yilda qoplanadi, keyinchalik hech qanday to‘lovlarsiz moslamadan 20-25 yil bemalol foydalanishingiz mumkin.

Solar Nature kompaniyasi har qanday injiq mijozning ham talablariga javob beradi!

  • Mijoz talablarini qondirish kompaniyaning ustuvor prinsipi hisoblanadi;
  • Asosiy faoliyat aynan quyosh energetikasiga qaratilgan;
  • Nostandart loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba mavjud;
  • Jamoada o‘z ixtisosligi bo‘yicha kuchli bilim va yuqori amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishlaydi;
  • Kompaniya yirik hajmli hamda xonadon uchun mo‘ljallangan kichik hajmdagi quyosh elektrostansiyalarini loyihalash va qurish bo‘yicha katta amaliy tajribaga ega;
  • Qulay narxlarda yuqori sifatga ega bo‘lgan moslamalarni xarid qilish mumkin;
  • Injiniring va konsalting xizmatlari ham mavjud.

Murojaat uchun telefonlar: +99897 7709409, +99899 8509409,+99897 4804647

Sayt: www.solarnature.uz

Telegram: t.me/solarnaturegroup

Instagram: @solarnature

Facebook: @solarnaturegroup

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top