21:34 / 03.05.2018
31983

«Liverpul» futbolchisi: Ronalduni yo‘q qilgan bo‘lardim

Foto: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Alberto Moreno «Real»ga qarshi Chempionlar Ligasi finalidan oldin, hujumchi Krishtianu Ronaldu, bosh murabbiy Yurgen Klopp va jamoadoshi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini aytdi.

«Agar imkoniyat bo‘lganida, Ronalduni yo‘q qilgan bo‘lardim», — dedi himoyachi.

«Klopp — juda hissiyotli yigit va u Chempionlar Ligasini yaxshi ko‘radi. Muhammad Saloh? U juda zo‘r o‘yinchi, mavsum davomida bizga ko‘p yordam berdi. Umid qilamizki, u yana bir zo‘r o‘yinni o‘tkazadi» - dedi futbolchi.

Chempionlar Ligasi finali 26 may kuni o‘tkaziladi.

Top