«Muborakgazquvurlar» boshqarmasi kadrlar bo‘limi menejyeri I.Sh. 20 avgust kuni Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Muborak tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olindi.
Ma'lumot berilishicha, u korxona asbobchisi N.O.ni 2019 yil may oyida sababsiz ishga kelmagan bo‘lsa-da, ishdan bo‘shatmasdan olib qolganligi evaziga 300 AQSh dollari talab qilgan.
I.Sh. tumanning «O‘zbekiston» MFY hududida N.O.dan 2 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.