10:10 / 11.03.2019
33485

«Navbahor» - «Qo‘qon-1912» o‘yinidan qaytayotgan namanganlik muxlislar avtohalokatga uchradi

10 mart kuni Superliga 1-turi doirasida «Navbahor» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkentda o‘tkazildi. 1:1 hisobida yakunlangan ushbu o‘yindan so‘ng fojiali holat sodir bo‘ldi.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, «Navbahor»ning 5 nafar muxlisi bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasi To‘raqo‘rg‘onda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan «Damas» avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Kun.uz ma'lumotiga ko‘ra, ikki avtomashina to‘qnashuvi oqibatida jami 4 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi shifoxonaga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda jabrlanganlarning ahvoli haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Hozircha IIV bu hodisa haqida rasmiy ma'lumot bermadi.

Qayd etish kerakki, «Navbahor» - «Qo‘qon-1912» o‘yini Namangandagi stadion mavsumga tayyor bo‘lmagani sabab Toshkentda o‘tkazilgandi. Avvalroq bu o‘yinni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazish taklifi ham paydo bo‘lgan, lekin o‘yin Toshkentda o‘tkazilishiga kelishilgandi.

Top