15:21 / 12.12.2019
0
18068

O‘n yillikning eng yaxshi gadjetlari ma'lum qilindi 

Iphone 4 / Foto: Getty Images

The Verge nashri poyoniga yetayotgan o‘n yillikning (2010-2019 yillar) eng yaxshi gadjetlari yuztaligini tuzdi. 

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni 2010 yilda chiqarilgan iPhone 4 smartfoni egalladi. 

“iPhone 4 barcha yaratilgan smartfonlar ichida eng chiroylisidir va bugungi kunda ham telefonlar uchun asosiy andoza bo‘lib qolmoqda. Texnologiya va madaniyatni uchalik o‘zgartira olgan boshqa telefon bo‘lmagan. Kimdir yana shunday narsa chiqarishi lozim”, deb ta'rif bergan smartfonga nashr bosh muharriri Nilay Patel.

Uning ta'kidlashicha, iPhone 4’ning oynavand panellar va metall ramadan iborat “buterbrod” ko‘rinishidagi dizayni hanuzgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda, 5 Mpli asosiy kamerasi esa kameralar uchun sifat standartini belgilab bergan. Shuningdek, ushbu smartfon Retina displeyli ilk telefon bo‘lgan hamda selfi kamera bilan jihozlangan  ilk iPhone bo‘lgan.    

Shuningdek, reytingning yetakchi o‘ntaligidan Amazon Echo “aqlli” karnayi, Apple MacBook Air noutbugi, Samsung Galaxy S6 smartfoni, Tesla Model S avtomobili, Apple AirPods simsiz quloqchini, Apple Watch Series 3 “aqlli” soati, Microsoft Surface Pro 3 plansheti, Sony PlayStation 4 o‘yin qurilmasi va Google Pixel 2 smartfoni o‘rin olgan.

Reytingning oxirgi o‘rinlarini Magic Leap One aralash reallik garniturasi, HP TouchPad plansheti, Juicero Press sharbat siqqichi, Amazon Fire Phone smartfoni va so‘nggi o‘rinni Google Glass “aqlli” ko‘zoynagi egallagan.

10. Google Pixel 2
9. Sony PlayStation 4
8. Microsoft Surface Pro 3
7. Apple Watch Series 3
6. Apple AirPods
5. Tesla Model S
4. Samsung Galaxy S6
3. Apple MacBook Air (2013)
2. Amazon Echo
1. Apple iPhone 4
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top