Sport | 02:28 / 25.07.2021
48739
2 daqiqa o‘qiladi

Tokio-2020. 25 iyulda chiqish qiladigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati

25 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Bugungi bahslarda yana 11 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi.

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturida ham 11 nafar vakilimiz qatnashadi. Ular orasida dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va velosport bahslarida vakillarimiz medallar uchun kurash olib borishsa, boks, sport gimnastikasi, akademik eshkak eshish bo‘yicha terma jamoalar a'zolari saralash doirasida ishtirok etishadi.

Quyida 25 iyul kuni bahslarga kirishadigan sportchilar ro‘yxati va bellashuvlarning boshlanish vaqti (Toshkent vaqti bilan) keltiriladi:

Shahboz Xolmirzayev / Sobirjon Safaraliyev — akademik eshkak eshish, juftlik — 6:10;
Ulug‘bek Rashidov — taekvondo, -68 kg — 6:15;
Tursunoy Rahimova — boks, -51 kg — 7:00;
Sardor Nurillayev — dzyudo, -66 — 7:00;
Diyora Keldiyorova — dzyudo, -52 — 7:00;
Olga Zabelinskaya — velosport, 137 km — 9:00;
Oksana Chusovitina — sport gimnastikasi, saralash — 13:05;
Elnur Abduraimov — boks, -63 kg — 14:18;
Adhamjon Ergashev — og‘ir atletika, 67 kg — 15:50;
Dilshod Ro‘zmetov — boks, -81 kg — 16:42.

Foto: Telegram / uzsport_tv
Foto: Telegram / uzsport_tv

Mavzuga oid