08:03 / 04.05.2018
7259

“O‘zcharmimpeks” korxonasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e'lon qilindi.

Hujjat bilan “O‘zcharmimpeks” unitar korxonasini tashkil etish va quyidagilarni uning asosiy vazifalari etib belgilash to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi:

reklama tadbirlari va ko‘rgazmalar o‘tkazish, shuningdek, Uyushma a'zolari – tashkilotlarga marketing, axborot va konsalting xizmatlari ko‘rsatish hisobiga charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlar eksportini tashkil etish;

charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni komissiya shartnomalari bo‘yicha va xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan eksport shartnomalari asosida, shuningdek, xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali eksport qilish;

tarmoq tashkilotlariga texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, aksessuarlar, furnitura, poyabzal qoliplari va boshqa buyumlar yetkazishda, jumladan, import qilishda ko‘maklashish.

“O‘zcharmimpeks” UKga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan, Uyushma a'zolari – tashkilotlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Charm-poyabzal sohasi muhandis-texnik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish;

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Charm va mo‘ynadan ishlangan mahsulotlar texnologiyasi va ularni yaratish”, “Texnologiyalar va uskunalar: charm va mo‘yna, qorako‘l”, “Texnologiyalar va uskunalar: poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari” ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;

charm-poyabzal, mo‘ynachilik, qorako‘lchilik tarmoqlari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirish va yangi yo‘nalishlarni ochish orqali hududiy ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tashkil qilish;

o‘quvchilarning o‘qish mobaynida olingan amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun o‘quv amaliyoti dasturlariga muvofiq Uyushma a'zolari – tashkilotlarda majburiy stajirovka o‘tash amaliyotini joriy etish;

ta'lim muassasalarida sohaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan maxsus fanlar hamda charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarining dolzarb masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishni, ma'ruzalar o‘qishni (jumladan soatbay to‘lov shartlarida) joriy etish yuzasidan takliflar kiritadi.

Mavzuga oid
Top