Jamiyat | 15:30 / 04.04.2022
10319
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Diplomat University Rossiyaning yetakchi universitetlari bilan ikki diplomli dasturlarni joriy qiladi

Foto: Diplomat University

Diplomat University (DU) Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universiteti va Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat bosqichida ikki diplomli dasturlarni joriy etishga ham kelishib olindi.

DU rektori Elyor Mahmudov Qozon federal universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Timirxon Alishev bilan uchrashuvda iqtisod-moliya va IT-dasturlash (major&minor) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, Sankt-Peterburg davlat universiteti prorektori Sergey Andryushin bilan esa xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikki diplomli dasturlarni joriy etishni kelishib olishdi.

Diplomat University Sankt-Peterburg davlat universitetining MDHdagi, Qozon federal universitetining O‘zbekistondagi xususiy universitetlar orasidagi ilk hamkori bo‘ldi.

Sankt-Peterburg davlat universiteti QS universitetlari xalqaro reytingida 242-o‘rinni egallab, alohida yo‘nalishlarda Top-50 reytingiga kirgan. Qozon federal universiteti mazkur reytingda eng nufuzli 350 ta jahon universitetlari qatoridan joy olgan.

Abituriyentlar diqqatiga! Diplomat University'ga yangi o‘quv yiliga qabul 2022 yil aprel oyining ikkinchi dekadasidan, ikki diplomli dasturlar bo‘yicha esa iyun oyidan boshlanadi.

Ma’lumotlar uchun telefonlar:

+998881248888

+998881268888

+998712024555

Website: diplomat.university

E-mail: info@diplomat.university

Instagram: diplomatuniversity

Facebook: diplomat university

Telegram: t.me/diplomatuniversityuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid