12:20 / 14.01.2019
69093

Eronda «Boing-707» quladi. U Bishkekdan parvoz qilgan

«Boing-707» samolyoti Tehron yaqinida quladi. Bu haqda Eronning ILNA agentligi xabar tarqatdi.

Foto: Press TV

Halokat Eron poytaxti yaqinidagi Safadasht shahri yonida sodir bo‘lgan. Samolyot qulagan joyda quyuq tutun kuzatilmoqda, u yerga tezkor xizmatlar - vertolyot va o‘ndan ziyod tez tibbiy yordam mashinasi yo‘l olgan.

«Ishonchimiz komilki, layner yo‘lovchi samolyot bo‘lmagan», - deya ma'lum qildi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentlik vakili Mijitab Xolidiy.

Foto: Press TV

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, layner yuk samolyoti bo‘lgan va Bishkekdan Tehron yaqinidagi Karaj shahriga parvoz qilayotgan edi. MEHR agentligi xabariga ko‘ra, u Kyrgizstan airlines aviakompaniyasi tomonidan foydalanilgan.

Bortda 16 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Uchuvchilar qutqarildi, ekipajning ikki a'zosi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlangan, qolganlarning taqdiri noma'lum. Halokatga qo‘nish paytida uchuvchining harakati sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Mavzuga oid
Top