Sport | 19:20 / 13.01.2019
14947
2 daqiqa o‘qiladi

Kuper Turkmanistonga qarshi tarkibni e'lon qildi, Shomurodov ilk daqiqalardan maydonda harakat qiladi

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi doirasidagi 2-tur uchrashuvida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.

Ektor Kuper terma jamoaning ushbu o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibini e'lon qildi.

Kun.uz muxbiri Dubay shahridan xabar berishicha, Ummonga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibda 3ta o‘zgarish bor: Ummonga qarshi o‘yindagi g‘alaba goli muallifi Eldor Shomurodov, shuningdek, Islom To‘xtaxo‘jayev va Dostonbek Hamdamov boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishgan. Himoyachi Yegor Krimets birinchi turda qizil kartochka olgani sabab 2-turni o‘tkazib yuboradi. Uning pozitsiyasida bugun Islom To‘xtaxo‘jayev harakat qiladi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

O‘zbekiston: 1. Ignatiy Nesterov – 2. Akmal Shorahmedov, 5. Anzur Ismoilov, 13. Oleg Zoteyev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev – 9. Odil Ahmedov (sardor), 17. Dostonbek Hamdamov, 19. Otabek Shukurov, 22. Javohir Sidiqov – 11. Jaloliddin Masharipov, 14. Eldor Shomurodov
Bosh murabbiy: Ektor Kuper

Turkmaniston: 1. Mammet O‘rozmuhammedov - 2. Zafar Bobojonov, 4. Sapar Mekanov, 5. Vezirgeldi Ilyasov, 6. Gurbangeldi Batirov, 12. Sardor Annao‘rozov – 7. Arslanmurat Omonov (sardor), 8. Ruslan Mingazov, 19. Ahmet Atayev, 21. Rasul Xo‘jayev – 9. Vohid O‘rozsahedov.
Bosh murabbiy: Yazguli Xo‘jageldiyev

 

Mavzuga oid