22:49 / 17.06.2019
39797

BMT sayyoramiz aholisining soni bo‘yicha prognoz e'lon qildi 

Foto: Getty Images

Sayyoramiz aholisi soni 30 yildan keyin 2 mlrd kishiga ko‘payib, 9,7 mlrdga yetadi, Hindiston esa yaqin yillarda Xitoyni aholi soni bo‘yicha ortda qoldiradi. Bu haqda BMTning yangi dokladida aytilgan. 

“BMTning yangi dokladiga ko‘ra, dunyo aholisi yaqin 30 yil ichida 2 mlrdga ko‘payib, hozirdagi 7,7 mlrddan 2050 yilda 9,7 mlrdga yetadi”, deyilgan hujjatda. Asr oxiriga esa jami aholi soni 11 mlrdga yetishi mumkin.

BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining aholishunoslik bo‘limining ta'kidlashicha, dunyo aholisi umr ko‘rish davomiyligi oshgani va tug‘ilish darajasi pasaygani sababli qarimoqda, aholi soni kamayayotgan davlatlar soni oshmoqda. 

Umuman olganda dunyo aholisi soni oshishda davom etayotgan bo‘lsa-da, uning o‘sish sur'atlari turli mintaqalarda kuchli farqlanadi. “Yangi demografik prognozlarning ko‘rsatishicha, 9 ta davlat 2050 yilgacha davrda dunyo aholisining prognozlanayotgan o‘sishining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, bular: Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Tanzaniya, Indoneziya, Misr va AQSh (kutilayotgan o‘sish pasayib borish tartibida)”, deyilgan dokladda.  

“2027 yilga kelib Hindiston, prognozlarga ko‘ra, Xitoyni dunyodagi eng gavjum davlat sifatida ortda qoldiradi”, deb ta'kidlab o‘tishgan tadqiqotchilar. 

Top