09:14 / 31.07.2020
27932

Navoiy viloyati hokimi ham Toshkentda davolanmoqda

Qobul Tursunov Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda.

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 2020 yilning 27 iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qobul Tursunov o‘tgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda.

Navoiy viloyati hokimi to‘liq davolanib, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettiradi, deyiladi ma'lumotda.

Shu bilan birga, Navoiy viloyati hokimi aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, Buxoro viloyatining sobiq hokimi, hozirda bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalinib davolanayotgani, shuningdek, Buxoro viloyatining hozirgi rahbari Karim Kamolovda ham koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha O‘zbekistonning ikki hududi rahbarlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilingandi. To‘ra Bobolovning sog‘ligi tiklanmoqda, Musa Yerniyazov esa og‘ir ahvolda va u o‘pkaning sun'iy ventilyatsiya apparatiga ulangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top