Isroil HAMAS garovga olgan yana to‘rt kishi vafot etganini xabar qildi
O‘g‘irlab ketilgan garovga olinganlarning jasadlari G‘azo sektorida qolmoqda, ularning o‘limi tafsilotlari aniqlanmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi (TsAHAL) 3 iyun, dushanba kuni 2023 yil 7 oktyabr kuni uyushtirilgan hujumda HAMAS guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yana to‘rt nafar garovga olingan shaxs halok bo‘lganini tasdiqladi. TsAHAL xabariga ko‘ra, ularning jasadlari hali ham G‘azo sektorida qolmoqda.
Qurbonlar - 79 yoshli Xaim Peri, 80 yoshli Yoram Metsger, 84 yoshli Amiram Kuper va 51 yoshli Nadav Popplevel - HAMAS tomonidan Nir Oz va Nirim kibutsilardan o‘g‘irlab ketilgan. Dekabr oyida jangchilar Peri, Kuper va Metsger ishtirokidagi videoni e’lon qilishgan, mart oyida esa ular Isroil armiyasining G‘azo sektorini artilleriyadan o‘qqa tutishi natijasida halok bo‘lganliklarini aytishgan. O‘z navbatida, TsAHAL vakili kontr-admiral Daniel Xagariy rasmiy brifing chog‘ida garovga olinganlarning o‘limi holatlariga oydinlik kiritilayotganini ma’lum qildi. Isroil razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular bir necha oy oldin vafot etgan.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 36 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024