Marg‘ilonda qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Viloyat IIB boshlig‘i ularni avtomobilning davlat raqam belgisini yechib olib harakatlanishning oqibatlaridan ogohlantirgan.
Marg‘ilon shahrida qora Gentra haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida aynan qora rangdagi Gentra haydovchilari tomonidan davlat raqam belgisini yechib olib, harakatlanish holatlari ko‘p uchramoqda.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.
O‘tkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, general mayor Azizbek Ikramov shaxsan ishtirok etib, Gentra haydovchilari bilan suhbat o‘tkazdi. Unda yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishi, avtomashina esa jarima maydoniga olib kirilishi tushuntirildi.
Mavzuga oid
17:11 / 24.10.2024
10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
21:33 / 19.10.2024
Rossiyada go‘dak bolaning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik enaga hibsga olindi
19:56 / 15.10.2024
Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
19:32 / 10.10.2024