09:53 / 13.02.2019
38526

Makedoniya rasman o‘z nomini o‘zgartirdi

Foto: REUTERS / Ognen Teofilovski

Makedoniya Respublikasi rasman nomini Shimoliy Makedoniya Respublikasiga o‘zgartirdi. Ushbu o‘zgarish Gretsiya bilan 2018 yil 17 iyundagi kelishuv natijasi bo‘ldi.

Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi jarayoni Gretsiya sababli 18 yilga cho‘zilib ketgandi. Greklar Gretsiyaning viloyatlaridan biri Makedoniya deb atalgani sabab sobiq yugoslav respublikasining nomlanishi o‘zgartirilishini talab qilib kelishgan. Kelishuv tuzilgandan so‘ng, Makedoniya 1991 yilda Yugoslaviyadan mustaqil bo‘lgandan keyin boshlangan ko‘p yillik bahsga chek qo‘yildi.

Makedoniya nomining o‘zgartirilishi haqidagi Prespan kelishuvi kuchga kirganini Gretsiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yorgos Katrungalos va Makedoniya tashqi ishlar vaziri Nikola Dimitrov tvitterda ma'lum qilgan. 

Bundan avval, 12 yanvarda Makedoniyada davlat binolari fasadlaridan mamlakatning endilikda avvalgi nomi yozilgan tablichkalar yechib olingan, hukumatning rasmiy sayti qayta nomlangan. Shuningdek, Makedoniyaning NATOga kirishi ramzi sifatida mamlakat parlamentiga kirishda alyansning bayrog‘i o‘rnatilgan. 

Mavzuga oid
Top