13:02 / 22.03.2019
25980

Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Shukrulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shukrulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov

Sh.Nisbatxonov 1969 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1988 yili Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumini, 1997 yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar sohada turli lavozimlarda ishlagan. Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar esa boshqarmaning Soliq majburiyatlarining hisobini yuritish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Shuningdek, Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bahodir Rahmatullayevich Xoliqov

B.Xoliqov 1972 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi faoliyatini 1994 yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Nazarjon Jumanazarovich Polvonov Quvasoy shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nazarjon Jumanazarovich Polvonov

N.Polvonov 1982 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2011 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi faoliyatini 2001 yilda Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Bundan tashqari, Qobuljon Abdujambulovich Abdullayev Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qobuljon Abdujambulovich Abdullayev

Q.Abdullayev 1970 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent Davlat agrar universitetini, 2002 yilda esa Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi faoliyatini 1993 yilda Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Beshariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Avazbek O‘rmonovich Axunov Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Avazbek O‘rmonovich Axunov

A.Axunov 1985 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2008 yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U soliq tizimidagi faoliyatini 2008 yilda Quva tumani davlat soliq inspeksiyasida boshlagan bo‘lib, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. 

Bundan oldin, Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlangandi.

Top