17:17 / 11.03.2019
17147

Saudiya samolyoti chaqalog‘ini unutib qoldirgan yo‘lovchi ayol tufayli aeroportga qaytib keldi

Foto: Flickr / Woodys Aeroimages

Saudiyaning Saudi Arabian Airlines aviatashuvchisi samolyoti aeroportda esdan chiqib qoldirgan chaqalog‘i yodiga tushib qolgan saudiyalik yo‘lovchi ayol tufayli Jiddadagi podshoh Abdul Aziz aeroportiga parvozga chiqqanidan ko‘p o‘tmay qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda mahalliy "Axbar24" portali xabar qilmoqda.

Portal havo kemasi qo‘mondoni va dispetcher o‘rtasidagi muzokaralar yozuvini joylashtirgan, unda aeroportga qaytish sababini takrorlash haqidagi iltimosga javoban, uchuvchi yo‘lovchilardan biri terminal binosida bolasini unutib qoldirgani hamda parvozni davom ettirishdan bosh tortayotganini aytgan.

Portal chaqalog‘ini unutib qoldirgan yo‘lovchi ayol qanday jazolanganiga aniqlik kiritmadi.

Top