13:31 / 28.09.2018
13129

Deutsche Bank yetarlicha baho berilmayotgan jahon valyutalarini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Deutsche Bank yetarlicha baho berilmayotgan jahon valyutalari ro‘yxatini tuzdi. U valyuta kurslarining dinamikasini baholash uslubi bo‘yicha ishlab chiqildi (Behavioral Equilibrium Exchange Rate, BEER).

BEER uslubi 1999 yilda britaniyalik iqtisodchilar Piter Klark va Ronald Makdonald tomonidan ishlab chiqilgan. U haqiqiy valyuta kursi va mamlakatning inflyatsiya, ishlab chiqarish kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari orasidagi farqni kuzatib borish imkonini beradi. Valyutani valyutalar savatchasiga nisbatan baholash uchun valyuta juftliklari tashqi savdodagi ulush bo‘yicha «o‘lchanadi».

Deutsche Bank modeli 31ta valyutani qamrab oldi - o‘ntasi haddan tashqari yaxshi baholab yuborilgani va 21tasi yetarli baholanmagani aniqlandi. Antiyetakchilar safidan Turkiya lirasi, Kolumbiya pesosi va Rossiya rubli bor.

O‘ta kuchli valyutalar top-5ligidan Chexiya kronasi, Janubiy Koreya voni, Tailand bati, AQSh dollari va Shveytsariya franki joy oldi. Dollar taxminan 7 foizga ortiq baholab yuborilgan, deyiladi bank tahlilida.

Top