19:19 / 16.03.2018
9597

UzTrade AQShga 500 ming dollarlik quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beradi

Foto: shutterstock.com

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “UzTrade” AJ AQSh bozoriga o‘zbek mahsulotlari eksport yetkazmalarini kengaytirish maqsadida AQShning Golden Natural Product Inc. kompaniyasi bilan AQShga 500 ming dollarlik quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

Ushbu eksport shartnomalar “UzTrade” va AQShdagi “UzAmerican trade Corp”savdo uyi o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu kelishuvlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi vaqtida tuzilgan.

Ayni vaqtda “Best Tastes Technology” MChJ qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan UzKand markasi ostidagi keng assortimentdagi quruq mevalarning ilk partiyasi AQShga jo‘natildi.

Top