00:12 / 19.12.2018
21247

Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste'moli uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019yilning 1 dekabriga qadar keng doirada o‘tkaziladigan jamoatchilik muhokamalari natijasida alkogol va tamaki mahsulotlar iste'molini cheklash bo‘yicha, shuningdek, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilishi belgilanmoqda.

  • Alkogol mahsuloti idishining yorlig‘ida hamda tamaki mahsulotining qutisida (o‘rovida) tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun asosiy maydon o‘lchamini kengaytirish;
  • tamaki mahsuloti qutisida (o‘rovida) matnli yozuv va rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi organlarni hamda shunday nazoratni olib borishning mexanizmlarini aniqlashtirish;
  • jamoat joylari va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlar iste'moli uchun javobgarlikni kuchaytirish;
  • jamoat joylarda va transportning belgilanmagan joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini cheklash maqsadida vakolatli shaxslar tomonidan (korxona, tashkilot, muassasalarning ma'muriyatlari, shu jumladan, jamoat joylarida joylashgan inshoot, bino (imorat), boshqa obektlar hamda transport vositalarining egalari) choralar ko‘rilmagani uchun javobgarlikni belgilash.
Top