22:15 / 16.01.2019
7732

Andijon viloyati hokimi Hindiston korxonalarining investitsiya kiritishiga oid qator hujjatlarni imzoladi

Ayni kunlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, hind yurti yetakchi korxonalari bilan kelishuvlarga erishish va viloyatga investitsiya mablag‘lari olib kirishdir, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Andijon viloyati hokimligi

Delegatsiya tashrifning birinchi kuni davomida Andijonda Uttar Pradesh shtatining Sharda universiteti filialini ochish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Unga ko‘ra, nufuzli universitet viloyatda o‘z filialini ochadi va 100 mln dollarlik investitsiya kiritadi.

Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyati hokimligi

Delegatsiya 16 yanvar kuni Gujarat shtatida bo‘ldi. U yerda shtat katta vaziri Vijay Rupani bilan ikki viloyat o‘rtasida o‘zaro hamdo‘stlik, iqtisodiy aloqalarni tiklash yuzasidan kelishuvlar imzolandi.  

Andijon viloyati hokimligi

Gandinagar shahrida Shuhratbek Abdurahmonov Hindistonning 15dan ziyod yirik farmatsevtik korxonalari bilan Andijon viloyatiga investitsiya olib kirib, dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Andijon viloyati hokimligi

Shu kunning o‘zida “Aunde Indiya” kompaniyasi bilan 10 million dollarlik shartnoma imzolandi. “Aunde Indiya” kompaniyasi avtomobillar uchun qoplama ishlab chiqarish bo‘yicha Hindistonning yetakchi korxonalaridan biridir. Mazkur kompaniya o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorga hamda 50dan ortiq xorijiy davlatda joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchilarga eksport qiladi.

Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyat hokimi boshchiligidagi guruh safar davomida 15dan ziyod korxona bilan manfaatli kelishuvlarga erishishi ko‘zda tutilgan.  

Top