Sherzod Asadov: «Tadbirkorlarning prezidentga murojaatlaridan 40 foizi o‘z yechimini topdi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishi va bu uchrashuvdan avval 20-31 iyul kunlari, ya'ni 11 kun davomida butun O‘zbekiston bo‘ylab tadbirkorlar o‘z sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarini prezidentga yetkazishi mumkinligi aytilgan edi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, murojaatlar qabul qilinishi 5 avgustga qadar uzaytirilgan.
Shuningdek, Sherzod Asadov murojaatlar mazmuni haqida ham ma'lumotlar berdi.
“Shu kungacha 10 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ularning 85-86 foizi individual xarakterda, ya'ni kredit berish, biznesni moliyalashtirish, subsidiyalar, yer olish kabi masalalar bo‘yicha. 14-15 foizi yangi g‘oyalar, tashabbuslar, tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha takliflardan iborat.
Murojaatlar kategoriyalarga bo‘linib, chuqur o‘rganilyapti. Agar qaysidir murojaat hudud darajasida hal qilib bo‘linadigan bo‘lsa, shtab tomonidan viloyatlarga, tumanlarga jo‘natilyapti. Shu paytgacha shaxsiy murojaatlarning 40 foizi joylarda hal qilib bo‘lindi. Qolganlari bo‘yicha ham tadbirgacha ish olib boriladi, tadbirdan keyin ham hal qilish davom etadi.
Murojaatlar juda ko‘p kelayotgani hisobga olinib, ularni qabul qilish muddati 5 avgustgacha uzaytirilyapti”, dedi Sherzod Asadov OAV uchun an'anaviy brifingda.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024