O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turida Turkmanistonni 4:0 hisobida yengib, pley-offga yo‘l oldi.
Ushbu g‘alaba O‘zbekistonning qit'a chempionati final bosqichlarida erishgan yirik hisobdagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa 2007 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida Malayziya (5:0) va Xitoyni (3:0) uchta to‘p farqi bilan mag‘lub etgan edi.
Kun.uz fotomuxbiri Dubaydagi «Rashid Stadium»da kechgan uchrashuvdan kadrga muhrlangan suratlarni taqdim etdi.