01:32 / 13.01.2019
18426

Video: O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisiga tayyor

12 yanvar, shanba oqshomida O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalarining Osiyo Kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi o‘zaro bahs oldidan o‘yinoldi rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Uchrashuv komissarlari ishtirokidagi mitingda yakshanba kuni O‘zbekiston oq, Turkmaniston esa yashil libosda to‘p surishi oydinlashdi. Shundan so‘ng kechga tomon matbuot anjumani va rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Turkmanistonliklar ustozi Yazguli Xo‘jageldiyev va yarimhimoyachi Ahmet Atayev ishtirokidagi matbuot anjumani ancha qisqa vaqt davom etganini ta'kidlash joiz.

Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Dubaydagi «Rashid Stadium»da boshlanadi. Uchrashuvni mezbon BAA mamlakatidan FIFA referisi Ammor Al–Jyeneybi boshqarib boradi. O‘zbekiston bu turda ham g‘alaba qozongan taqdirda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Uchrashuvdan oldin guruhning boshqa vakillari – Ummon va Yaponiya terma jamoalari Abu-Dabida o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi birinchi turda Ummon ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Turkmaniston Yaponiyadan 2:3 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchragan edi.

Top