O‘zbekiston | 10:10 / 22.09.2019
8781
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha 10 yillik shartnoma imzoladi

«Milliy elektr tarmoqlari» korxonasi Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasi bilan 10 yillik muddatga mo‘ljallangan «Ol va to‘la» sharti asosidagi kontraktni imzoladi.

«O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. U 10 yillik muddatga «Ol va to‘la» tamoyili asosida barpo etilayotgan «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi (EUL) bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) (Afg‘oniston Islom Respublikasi) o‘rtasida tuzilgan. 

Elektr energiyani yetkazib berish hajmi dastlabki bosqichda 4,2 milliard kVt.s ni tashkil etadi va kelgusida 6 milliard kVt.s. ga yetkaziladi», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid