23:42 / 13.08.2020
41684

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 1,5 mingdan ortiq bemor tuzaldi, davolanayotganlar soni 6 mingdan kamaydi

O‘zbekistonda 13 avgust kuni 669ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 33 ming 323taga yetdi. Bugun shuningdek, 1554 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 13 avgust kuni mamlakatimizda 669 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

13 avgust kuni respublikaning 8 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Qatorasiga yettinchi kun kunlik o‘sish holati 700tadan kam bo‘lmoqda.

Yangi holatlar (+669)

  • Toshkent shahrida 394 holat;
  • Toshkent viloyatida 185 holat;
  • Samarqand viloyatida 31 holat;
  • Namangan viloyatida 11 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 11 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 20 holat;
  • Andijon viloyatida 9 holat;
  • Navoiy viloyatida 8 holat.

Tuzalganlar (+1554)
Bugun respublikaning 12  hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 554 nafari sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 27 ming 213 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 1198 nafar;
  • Toshkent viloyatida 204 nafar;
  • Samarqand viloyatida 39 nafar;
  • Namangan viloyatida 26 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar;
  • Buxoro viloyatida 13 nafar;
  • Andijon viloyatida 11 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 11 nafar;
  • Xorazm viloyatida 11 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar.

12 avgust kuni ham O‘zbekistonda 1 569 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi. 

O‘lim holatlari (+5)
Bugun 5 o‘lim qayd etildi va rasmiy statistikaga ko‘ra jami o‘lim holatlari soni 216taga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) vafot etdi;
  • Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol) vafot etdi;
  • Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) vafot etdi;
  • Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol) vafot etdi;
  • Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli A.I. (erkak) vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda 5 894 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Shundan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top