13:48 / 14.09.2019
21
35036

Kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3tadan ko‘p avtomashinadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi

Foto: bookingcars.uz

Nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinalar yoki jamoat tartibiga xavf soluvchi boshqa avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Ushbu yangilik bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida qabul qilingan  «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror va u bilan tasdiqlangan nizomda o‘z aksini topgan. 

Shuningdek, oilaviy tadbirlarda (dafn etish marosimidan tashqari) pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda to‘y egalarining shaxsiy avtomashinalari hamda homiylar tomonidan jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar istisno qilinadi.  

Qo‘shma majlisda ushbu hujjatning 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirishi to‘g‘risida ham ma'lumot berildi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top