Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirda poyezd bilan to‘qnashgan avtobus haydovchisi hibsga olindi
© Valeriy Sharifulin/TASS
Moskvaning Meshchansk sudi 6 oktabr kuni Vladimir oblastidagi Pokrov stansiyasi yaqinida poyezd bilan to‘qnashib ketib, 17 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisi Nurgali Sarmanovni qamoqqa olgan. Bu haqda sudning matbuot xizmatiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
«Moskvaning Meshchansk sudi tergovchining Sarmanovni qamoqqa olish haqidagi talabini qoniqtirdi», degan agentlikning sudda ishlovchi suhbatdoshi.
Sud qaroriga ko‘ra, Sarmanov 6 dekabrgacha mahbus maqomida bo‘ladi.
Uning sudda ko‘rsatma berishicha, yo‘lovchilar poyezd bilan to‘qnashgunga qadar qo‘llari bilan temir yo‘l ustida o‘chib qolgan avtobusni itarib, joyidan siljitmoqchi bo‘lishgan.
Sarmanovning ko‘rsatmalariga ko‘ra, shlagbaum yopilgach, haydovchilar yulovchilarni avtobusni tark etishga chaqira boshlashgan, biroq erta tongda ularning ko‘pchiligi uyquda bo‘lgan. «Biz hamma avtobusdan chiqib ketishi uchun baqir-chaqir qildik, lekin odamlar uxlayotgandi», — degan Sarmanov.
Haydovchi avtobus yo‘lga chiqishdan avval soz bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
11:50 / 29.01.2026