Toshkentdagi KHAY va Qorasaroy ko‘chasining bir qismi 26 maygacha yopiq bo‘ladi
Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholi iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo‘llarini obodonlashtirish zarurati aniqlangan.
Toshkent shahar hokimligi ko‘chalar va chorrahalarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
20 may kuni Qorasaroy ko‘chasining Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha hamda Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha ta’mirlash ishlari boshlangani haqida xabar berilgandi.
Amalga oshirilayotgan ishlar jarayonida aholining iltimosiga binoan yoritish tizimlari, fasadlar, drenaj va irrigatsiya tizimlari, bordyurlarni yangilash, mahallalarga kirish yo‘llarini obodonlashtirish zarurati aniqlandi. Shu sababli, ishlar joriy yilning 26 mayigacha davom etadi.
Ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun jalb qilingan xizmatlar xodimlari kecha-yu kunduz ishlashi aytilgan.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
12:09 / 16.09.2024
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida ta’mirlash ishlari qurilish joyi o‘rab olinmay qilinyapti
20:30 / 13.09.2024