08:59 / 18.10.2019
0
23778

Moskvadan Pxuketga uchgan samolyot Toshkentda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Bu oxirgi ikki kun ichida Rossiya aviakompaniyalarining Toshkent aeroportida rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisadir.

Foto: Flickr / Patcard

Nordwind airlines aviakompaniyasining Moskvadan Pxuketga uchgan Boeing-777 samolyoti o‘zini tajovuzkor tutgan yo‘lovchi sababli Toshkentda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Toshkent aeroporti vakiliga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

“Nordwind airlines aviakompaniyasining Moskva-Pxuket yo‘nalishi bo‘yicha uchgan N42477 reysi Toshkent aeroportida soat 23.31da majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Qo‘nishga parvoz xavfsizligiga tahdidni yuzaga keltirgan yo‘lovchilardan birining o‘zini tajovuzkor tutishi sabab bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan aeroport vakili.

Qoidabuzar reysdan olingach va samolyotga yoqilg‘i quyilgach, u soat 1.58da belgilangan manzilga uchib ketgan.

Bu oxirgi ikki kun ichida Rossiya aviakompaniyalarining Toshkent aeroportida rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisadir. “Aeroflot”ning 16 oktyabrda Dehli-Moskva reysini amalga oshirgan A-330 samolyoti Hindiston fuqarosining betobligi sababli ertalab Toshkenda qo‘nishni amalga oshirgandi. Samolyot ikki soatdan keyin Moskvaga uchib ketgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top