14:17 / 12.01.2019
47453

Olimlar saratonning asosiy belgilarini ma'lum qilishdi

Foto: Depositphotos

Makmillan markazi olimlari saratondan darak berishi mumkin bo‘lgan belgilarni ma'lum qilishdi. Bu haqda Daily Express ma'lumot tarqatdi.

Tadqiqotchilar tomonidan belgilab berilgan asosiy alomatlar orasida - ichak yoki qovuq ishidagi o‘zgarish, og‘ir yo‘tal yoki xirillash, oshqozon buzilishi yoxud yutishda qiynalish. Shuningdek, belgilar orasida yaralarning uzoq vaqt davomida bitmasligi, ko‘p qon ketishi, xollarning o‘zgarishi, ko‘krak qafasi yoki boshqa joylardagi qattiqlik ham mavjud.

Ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan alomatlar onkologik kasallikni aniq ko‘rsatmaydi, biroq ular shifokorga murojaat qilish uchun sabab hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yiliga qancha bemorda onkologik kasallik aniqlanayotgani aytilgandi.

Mavzuga oid
Top