17:24 / 24.09.2018
62713

Lola Karimovaning Instagram sahifasi hujumga uchradi

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyaeva

Oxirgi haftada Instagram sahifamda botlar, ya'ni soxta akkaunt orqali obuna bo‘luvchilar soni keskin oshib ketgani tufayli sahifam sozlamasini o‘zgartirib, uni «privat» tizimiga o‘tkazishga majbur bo‘ldik, deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida.

«So‘nggi bir necha kun davomida Instagram'dagi sahifamga botlar tomonidan yangi ochilgan o‘n mingdan oshiqroq feyk, ya'ni soxta akkauntlarning obuna bo‘lgani kuzatildi. Bizdagi raqamlarga ko‘ra, har bir necha daqiqa ichida yangi-yangi bot-akkauntlar ochilmoqda», - deydi u.

Lola Karimovaning ta'kidlashicha, axborot texnologiyalari bo‘yicha jamoasi Instagram bilan hamkorlikda ro‘y berayotgan holatga oydinlik kiritmoqda. U barchaga e'tiborli bo‘lishni tavsiya etgan.

Mavzuga oid
Top