13:23 / 13.02.2020
8
27091

O‘zbekiston yangi turdagi o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarining faoliyatini rivojlantirish va ishlab chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish mo‘ljallanmoqda

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari bilan kooperatsiyada harbiy va ikki xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar, jumladan:

uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

yangi turdagi o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha klasterni tashkil etish;

mashinasozlik mahsulotlarini ta'mirlash va ularga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha klasterni tashkil etish;

optik moslamalar va tungi ko‘rish moslamalarini ishlab chiqarishni tashkil etish;

mudofaa sanoati kompleksining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari klasterini tashkil etish nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top