17:17 / 29.05.2018
22821

Shahrisabzda xavfsiz turizm: IIB xodimlari segvey bilan to‘liq ta'minlandi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabr kunidagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 939-sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tashkil qilingan edi.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida faoliyat olib borayotgan boshqarma xodimlari  tezkor va samarali faoliyat olib borishlari uchun segvey transport vositalari bilan to‘la ta'minlanishdi.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati

 Shahrisabz shahrida faoliyat olib borayotgan boshqarma xodimlarining asosiy vazifalarini quyidagilar tashkil qiladi:

- turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli choralar ko‘rish; 

- turistik ahamiyatga ega bo‘lgan hududlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil qilish; 

- turistlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, shu jumladan, ularning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish; 

- turistlarning murojaatlarini belgilangan tartibda qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va ularga o‘z vaqtida javob berilishini ta'minlash.

- tarixiy obidalar, mehmonxonalar, tibbiyot muassasalari, ovqatlanish joylari va boshqa dam olish maskanlari haqida, ularning joylashuv o‘rni, qaysi yo‘nalish orqali borish haqida batafsil, tushunarli ma'lumot berish; 

- turistlarning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashganda, shifokorlar yetib kelguncha ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish; 

- harakatlanish yo‘nalishida adashib qolgan va boshqa yordamga muhtoj turistlarga amaliy ko‘mak berish, ularni kerakli manzilga yetkazish.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati

Ushbu elektr quvvatida harakatlanadigan transport vositalari xodimlarga avtomobillarda harakatlanib bo‘lmaydigan, odamlar gavjum joylarda erkin harakatlanish, tezkorlik bilan tegishli manzilga yetib borish imkonini bermoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Mavzuga oid
Top