14:19 / 06.07.2019
23315

Rustam Rajabov: Asakadagi avtozavod taxminan 1 mlrd dollar turadi

Foto: Uzauto Motors

Uzauto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabov Asakadagi avtomobil zavodining taxminiy narxi qancha ekaniga oydinlik kiritdi. OAV vakillari ishtirokida zavodga tashkil etilgan press-tur doirasida shunday ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.   

«Asakadagi avtomobil ishlab chiqarish juda murakkab stanoklar va texnologiyalarga ega. Birgina yig‘uv sexining o‘zi 4 qavatli tarkibiy qismdan iborat. Qolaversa, shunday nodir va noyob texnologiyalar borki, uni dunyoda faqat bir korxona yoki kompaniya ishlab chiqarib, yetkazib beradi. Butun zavod taxminan 1 mlrd dollar turadi», - dedi Uzauto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabov. 

Top