11:44 / 30.04.2018
12294

Mirziyoyev va Erdo‘g‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

30 aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo‘l ochgan edi. O‘zbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.

Mavzu
O‘zbekiston - Turkiya munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga bordi

Barchasi
Top