10:15 / 04.01.2023
9425

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4-yanvar kuni soat 00: 00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.  

Foto: Kun.uz

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib,  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi. 

Shuningdek,  FVV,  YPX va  "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari bilan birgalikda yo‘lni qordan tozalash,  muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.  

Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun,  4-yanvar kuni soat 10: 00 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. 

Top