23:32 / 20.08.2021
15446

«Paralimpiya sovrindorlari ham olimpiyachilar singari mukofotlanadi». Paralimpiyachilarni Tokioga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasida Tokioda bo‘lib o‘tadigan XVI yozgi Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimizni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va tegishli vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

«Paralimpiada o‘yinlarining yurtimiz uchun juda muhim bayram vaqtida bo‘lib o‘tayotgani sportchilarimizga qo‘shimcha dalda bo‘lishi va mas'uliyatlarini oshirishi kerak. Xalqimiz sizlarni katta umid bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz katta sovg‘alar bilan mukofotlandi. Quvonch bilan aytamanki, paralimpiya o‘yinlarida qatnashadigan sportchilarimiz ham xuddi shunday mukofotlarga ega bo‘ladilar», - dedi paralimpiyachilarni kuzatish marosimida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov.

Abdulla Aripov

«Karantin yakunlanganidan buyon, ayniqsa oxirgi 3 oy ichida uzluksiz ravishda mashg‘ulot olib bordik. Sportchilarning tayyorgarligi yaxshi. Taktik va texnik tarafdan yetarlicha tayyorgarlik olib bora oldik. O‘ylaymizki, paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok eta olamiz.

Karantin bo‘lishiga qaramay, Ozarboyjon va Qozog‘iston sportchilari bilan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Buning natijasida shogirdlarimning ruhiyati tetik va musobaqalarga tayyor, deb o‘ylayman», - dedi parataekvondo jamoasi bosh murabbiyi Bobur Qo‘ziyev.

Bobur Qo‘ziyev

«Xudo xohlasa, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, yorug‘ yuz bilan qaytish maqsadidamiz. Hozirda eng asosiy vazifamiz Tokio paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritish. Tayyorgarlik jarayonlari professional tarzda olib borildi. Karantin sabab yuzaga kelgan bir yillik tanaffus vaqtida ham anchagina tayyorgarlik ko‘rdik. Lisenziyalarimiz soni ham ko‘p. O‘zbekiston milliy jamoasi medallar hisobiga ko‘ra, yuqoriroq pog‘onalarda bo‘lishi kutilmoqda», - dedi para-yengil atletikachimiz Yorqinbek Odilov.

Ma'lumot uchun, yozgi Paralimpiadada O‘zbekiston delegatsiyasi 48 sportchi qo‘lga kiritgan 55ta litsenziya bilan ishtirok etadi.

24 avgustdan 5 sentabr sanasiga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan nufuzli sport tadbirida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik paraolimpiyachilar ro‘yxati bilan tanishing:

Para yengil atletika

1.Xusniddin Norbekov (disk otish)

2.Boburjon Omonov (yadro uloqtirish)

3.Bekjon Chevarov (uzunlikka sakrash)

4.Temurbek Giyasov (nayza otish)

5.Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish)

6.Doniyor Saliyev (uzunlikka sakrash)

7.Elbek Sultonov (yadro otish)

8.Izzat Turg‘unov (uzunlikka sakrash)

9.Sabina Suxanova (100 m. yugurish)

10.Sabina Suxanova (200 m. yugurish)

11.Nozimaxon Qayumova (nayza otish)

12.Dilafruzxon Axmadxonova (yadro uloqtirish)

13.Mohigul Xamdamova (disk otish)

14.Nurxon Qurbonova (yadro uloqtirish)

15.Nurxon Qurbonova (nayza otish)

16.Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash)

17.Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish)

18.Yoqutxon Xolbekova (uzunlikka sakrash)

19.Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

 

Para suzish

1.Islam Aslanov (50 m erkin)

2.Islam Aslanov (100 m batterflyay)

3.Dmitriy Xorlin (50 m erkin)

4.Firdavsbek Musabekov (100 m brass)

5.Firdavsbek Musabekov (200 m kompleks)

6.Muzaffar Tursunxo‘jayev (50 m erkin)

7.Muzaffar Tursunxo‘jayev (100 m batterflyay)

8.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (50 m erkin)

9.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (100 m batterflyay)

10.Shoxsanamxon Toshpo‘latova (200 m kompleks)

11.Nigoraxon Mirzoxidova (100 m baterflyay)

12.Muslima Odilova (50 m erkin)

 

Para dzyudo

1.Sherzod Namozov (-60 kg)

2.Uchqun Quronboyev (-66 kg)

3.Feruz Sayidov (-73 kg)

4.Dovurxon Karomatov (-81 kg)

5.Shuxrat Boboyev (-90 kg)

6.Sharif Xalilov (-100 kg)

7.Shirin Sharipov (+100 kg)

8.Lobar Xurramova (-48kg)

9.Sevinch Salayeva (-52 kg)

10.Parvina Samandarova (-58 kg)

11.Nafisa Sheripboyeva (-63 kg)

12.Vasila Aliboyeva (-70 kg)

 

Para kanoye

1.Azizbek Abdulhabibov (200 m)

2.Hayitmurod Sherqo‘ziyev (200 m)

3.Shahnoza Mirzayeva (200 m)

 

Para taekvondo

1.Zuxriddin Tohirov (- 61 kg)

2.Ziyodaxon Isaqova (- 49 kg)

3.Guljanoy Naimova (+ 58 kg)

 

Para pauerlifting

1.Ro‘za Qo‘ziyeva (-61 kg)

2.Farhod Umrzoqov (-88 kg)

3.Nuriddin Davlatov (-107 kg)

 

Para akademik eshkak eshish

1.Feruza Bo‘riboyeva (2000 m)

2.Otabek Qo‘chqorov (2000 m)

 

Para o‘q otish

1.Server Ibragimov (50 m pistolet).

Mavzuga oid
Top