08:00 / 11.03.2018
139625

Shahram G‘iyosov professional ringdagi debyutida raqibini 7 soniyada qulatdi

Foto: Screenshot

2017 yilgi boks bo‘yicha jahon chempioni, Rio olimpiadasi kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov 10 mart kuni professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi.

Nyu-Yorkda Toshkent vaqti bilan 11 mart kuni tongi soat 05:00da boshlangan jangda u argentinalik raqibi Nikolas Velaskesni birinchi raundning 7-soniyasidayoq polga qulatdi.

Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional ringdagi faoliyatini tezkor nokaut bilan boshladi.

Velaskes shu kunga qadar prof boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasida raqiblaridan ustun kelgan va 2 ta jangda imkoniyatni boy bergandi.

Mavzuga oid
Top