12:28 / 03.11.2018
51738

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yangi prokuror tayinlandi

Navoiy viloyati prokurori Xidir Samatovich Karimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.

Xidir Karimov 1967 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996 yilda Kitob tuman prokuraturasida boshlab, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilning mart oyidan shu vaqtgacha Navoiy viloyat prokurori lavozimida ishlagan.

Avvalroq Bosh prokuratura Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan Rahmatov Rashid Nasrulloyevich O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini xabar qilgandi. U endi O‘zbekiston Bosh prokurorining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi.

Top