11:03 / 04.06.2019
7860

Motosikl haydovchisining umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 1 iyun kuni noma'lum haydovchi “Matiz” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal'a tumani Amirobod OFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Koinot mahallasida yashagan 26 yoshli N.S. boshqaruvidagi “Vosxod” rusumli mototsiklni urib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, noma'lum shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Natijada mototsikl haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Ellikqal'a tumani Saribiy OFYda yashovchi 31 yoshli R.S.  boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top