11:16 / 11.03.2019
35341

Qirg‘iziston prezidenti sudyalarga hadis aytib berdi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 11 mart kuni sudyalar qurultoyida sudyalarga hadis aytib berdi. Bu haqda Akipress xabar qilmoqda.

«Eng muhimi, qonunlar va Yaratgandan qo‘rqish kerak. Kecha nutqimni tayyorlaganimda, men bir hadisni yodga oldim. Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar: imtihon uch xil bo‘ladi. Ikkitasi do‘zaxda, biri jannatda. Agar sudya adolatli qaror chiqarsa, unda uning joyi jannatda bo‘ladi. Ishni yaxshi tushunmasdan hukm chiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror chiqarganlarni esa do‘zax kutadi», - degan prezident. Shundan keyin u yana bir marotaba hadisni takrorlagan.

«Shu haqda unutmang. Hamma Yaratgan oldida javob beradi», - dedi prezident.

Bundan oldin, Jeenbekov Qirg‘iziston butun dunyoga sharmanda bo‘lgani haqida aytib, transport vazirini ishdan chetlatgandi.

Top