18:04 / 01.05.2015
1835

550 nafardan ortiqroq odam 101-qavatdan parashyutda sakrashdi

5528954-bolee-550-chelovek-sprygnuli-s-parashyu Kun.uz: Dubayning eng baland turar-joy binosidan AQShning Dream Walker jamoasi ishtirokchilari boshqa professional sportchilar bilan birga parashyutlarda sakrashdi. Bu haqda jamoaning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Princess Tower deb nomlanuvchi bu binodan hammasi bo‘lib 558 kishi sakragan, buning uchun ulardan 80 soat vaqt talab qilingan. Sakrash ishtirokchilari tizza, tirsaklarni himoyalovchi taqgichlar va shlemlardan iborat maxsus kiyim-boshda bo‘lishgan. Shlemlarga o‘rnatilgan portativ kameralar yordamida sakrashga tayyorgarlik va bevosita sakrash jarayoni yozib olindi. Sakrash aks etgan videorolik qariyb yarim millionga yaqin namoyish yig‘ishga ulgurdi. Dubayning Marina tumanida joylashgan Princess Tower osmono‘par turar-joy binosi dunyodagi eng baland turar-joy binosi hisoblanadi va 101 qavatdan iborat. Binoda jami 763 apartament joylashgan. xab-1
Top