11:03 / 01.05.2015
1848

Eron Tashqi ishlar vaziri yana bir bor Saudiya vakilini huzuriga chaqirdi

916273072

Kun.uz: Eron Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining Tehrondagi mas'ul vakilini chaqirib, qirollikning xatti-harakatlariga nisbatan noroziligini bildirdi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, Eronning gumanitar yordam yuklangan samolyoti Yamanga qo‘na olmagani bu e'tirozga sabab bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Xalqaro qizil yarim oy qo‘mitasining Eron bo‘linmasiga tegishli gumanitar samolyot Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari barcha aeroportlarni o‘qqa tutayotgani bois Sanoda qo‘na olmagan edi. gumanitar samolyot Eronga qaytishga majbur bo‘lgan edi. Eron tashqi ishlar vazirligi Saudiya vakilini 24 aprel kuni ham huzuriga chaqirib, Yamanga ketayotgan Eron samolyotlarining to‘xtatib qolinishi yuzasidan norozilik notasini taqdim qilgan edi. xab-2
Top