19:13 / 02.05.2015
1989

Iroqda IShID rahbarlaridan biri Abu Ibragim Chechen yo‘q qilindi

pic_77da1cb579c2efc8a50294433dfc9ac7 Kun.uz: Iroq xavfsizlik kuchlari IShID terrorchi guruhining yetakchi komandirlaridan birini yo‘q qilishga erishdi. Bu ish Salax-ad-Din viloyatidagi olib borilgan tozalov operatsiyalaridan biri davomida amalga oshirilgan. Abu Ibrohim Chechen nomi bilan tanilgan IShID komandirlaridan biri o‘ldirildi. Shuningdek, uning sheriklari Umar ash-Shishani va Tarxan Batirashvili ham yo‘q qilingan. Bu haqda Iroqdagi Alforat nashri xabar tarqatgan. Xabarlarga ko‘ra, Abu Ibragim Chechen o‘tgan oyda Bag‘doddan 180 km uzoqlikda joylashgan Bayjidagi yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biriga hujum uyushtirishda mas'ul bo‘lgan. xab-2
Top